Munajjimlar bashorati: 21 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

  • 21-08-2018, 00:12
  • 1 784
  • Hayot tarzi
  • Munajjimlar bashorati: 21 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
    QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

    Yulduzlar bugun ma’lum muddatga tuyg‘ularni yig‘ishtirib, tafakkurni ishga solishni maslahat berishadi. Tafakkur sizga yo‘lingizga ko‘ndalang bo‘ladigan muammolarni professional tarzda hal etishga ko‘maklashadi. Moliyaviy masalada ham mustaqil ish tutishga harakat qiling. Shunda o‘zingiz kutgan natijalarga ega bo‘lasiz. Kelajak haqida o‘ta puxta rejalar tuzishga intiling. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

    BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

    21 avgust kuni shoshma-shosharlik bilan qarorlar chiqarib qo‘yishdan saqlaning. Shoshilmay bajarilgan ishlar, chiqarilgan qarorlarning umri uzun bo‘ladi. Foydasi ham ko‘proqni tashkil etadi. Ishga ijodiy yondashish sizga qo‘shimcha daromadlar keltirishi tayin. Moliyaviy ahvolingiz bugun o‘rtacha kechadi. Boyib ham ketmaysiz, pulsiz ham qolmaysiz. Bugun azartli o‘yinlarga berilmang. Inqirozga yuz tutishingiz mumkin.

    EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

    Nimaiki ishga qo‘l urmang, mustaqil bo‘lishga harakat qiling. Mustaqil harakatlanish sizga har taraflama foyda beradi. Kimlarningdir og‘irini yengil qilib, qo‘shimcha savoblarga ham ega bo‘lishingiz ehtimoldan xoli emas inshoolloh. Moddiy ahvolingizni yaxshilab olishda bugun do‘stlarning ko‘magi zarur bo‘ladi. Shaxsiy hayotingiz va salomatligingizda sokinlik, xotirjamlik hukm suradi. Faqat yog‘li taomlardan nari bo‘lsangiz bas.

    QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

    21 avgustda kimlardir ish joyini o‘zgartirish payida bo‘ladi. Lekin bu harakatlaringizda muvaffaqiyatsizlik ko‘zga tashlanmaydi. Erinmasangiz, o‘zingizga yoqadigan ish joyni albatta topasiz. Muhabbat masalasida oilalilar ham, oilasizlar ham hushyorlikni shior qilgan holda yon berish tarafdori bo‘lganlari ma’qul. Negaki, yon bermaslik orangizga sovuqchilik solishgacha borishi mumkin. Havo o‘zgaruvchanligini hisobga oling. Salomatlikni asrang.

    ARSLON (24. 07 — 23. 08)

    Kuningiz ancha og‘ir kechishi kutilmoqda. Lekin afsusda qolmaysiz. Qiynalganlar, yordamga muhtojlarning hojatini chiqarishingiz sizga bir olam zavq va tashakkurlar yog‘ilishini ta’minlaydi. Yangi ishga o‘tayotganlar bo‘lsa, dastlabki kunlar uchun puxta tayyorgarlik ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, tashqi ko‘rinishingizga alohida e’tibor qarating. Bugun uy oldi-sotdisi, avtomobil ta’miri kabi amallar muvaffaqiyatli yakun topadi.

    PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
    21 avgustda aksariyat do‘stlarimiz ko‘proq yo‘l yurishlari mumkin. Kimdir shaxsiy ish bilan, kimdir sayohat bahonasida yo‘lga otlanadi. Yo‘lda ajoyib insonlar bilan tanishishingiz kutiladi. Oilasizlarning ba’zilari esa shu safar bahonasida o‘ziga bir umrlik yo‘ldosh topishlari ham haqiqatdan uzoq emas. Siz tafakkurni chetga surib, tuyg‘ular domiga tushing. Ana shunda muhabbat bobidagi eng ezgu niyatlaringiz vojib bo‘ladi. Moddiy jihatdan bugun muammo bo‘lmaydi.

    TAROZI (24. 09 — 23. 10)

    Kun boshlandimi, ko‘z ochildimi, demak, odam bolasi boshdan oyoqqacha yana muammolar, tashvishlarga ko‘miladi. Ammo sira cho‘chimang. Xudo ishlaringiz o‘ngidan kelishida albatta yordam beradi. Yaxshi niyatli bandalarini hech qachon noumid qo‘ymaydi. Kunning ikkinchi yarmida professional kasbingiz bilan bog‘liq qo‘ng‘iroqlarni qabul qilib olasiz. Dam olish kunidan foydalanib shaxsiy yumushlarni bajarib olishingiz uchun imkoniyatlarning cheki yo‘q.

    CHAYON (24. 10 — 22. 11)

    21 avgust kuni katta pul topish ilinjida o‘zingizni o‘tdan cho‘g‘ga urishingiz noto‘g‘ri bo‘ladi. Baribir xudo berganidan ortig‘ini topa olmaysiz. Yaxshisi, ro‘zg‘ordagi yumushlarni ado etish bilan band bo‘ling. Oiladagilar bilan muloqot qiling. Ayrimlarni tushdan keyin yaqin do‘stlardan biri sayru sayohatga taklif etishi mumkin. Sayr-u sayohatingiz albatta yoqimli, omadli kechadi. Shu kunlarda havo o‘zgaruvchanligi surunkali xastalikka yo‘liqqanlarni biroz bezovta qilishi mumkin. Buning oldini oling.

    O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

    Shaxsiy hayotingiz bugun ehtirosli va hayajonli lahzalarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Albatta, buning orasida katta janjallar ham ko‘ringandek bo‘lyapti. Shuning uchun eng ma’quli ishga sho‘ng‘ing. Qanaqa ish bo‘lishidan qat’i nazar baribir chalg‘itadi. Moliyaviy muammolarni yolg‘iz o‘zingiz, o‘z kuch va imkoniyatlaringizdan kelib chiqib hal etishingiz kerak bo‘ladi. Bu sohada hech kim sizga yordam ko‘rsatmoqchi emas. Kechqurun o‘zingizni yomon his eta boshlasangiz, darrov chorasini ko‘ring.

    TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

    21 avgustda tog‘ echkisi burji ostida tug‘ilganlarning ayrimlari yo‘q joydan janjal chiqarishga urina boshlashlari mumkin. Ammo ayting, shuncha agressiyani qayerdan oldingiz? Yoki yomon tush ko‘rdingizmi? Balki tabiat qo‘ynida dam olib qaytishingiz lozimdir? Ha, aniq, siz dam olishingiz kerak. Yolg‘iz qoling. Sevimli xobbilarni yodga oling. Puldan sira tashvish chekmang. Zahiradagi pullaringiz hali ancha vaqt koringizga yaraydi.

    Gazlangan, muzdek ichimliklar ichishingiz tavsiya etilmaydi.

    QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

    Erta tongdanoq sizga favqulodda serdaromad ishlar taklif eta boshlashadi. Yorqin hodisalarga guvoh bo‘lasiz. Kuch va imkoniyatlarni tejashga harakat qiling. Oldinda sizni juda ulkan rejalarni haqiqatga aylantirish vazifasi kutadi. Moddiy ahvolingizdan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi. Ko‘ngildagidek kechadi. Kechqurun xonadoningizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi. Agar mehmonga yaqin do‘stlaringiz kelsa, rostakam xursandchiliklar boshlangan bo‘lardi.

    BALIQ (20. 02 — 20. 03)

    21 avgust kuni xarakteringizda yorqinlik ko‘zga tashlana boshlaydi. Arzimas gapdan xursand bo‘la boshlaysiz. Kimlar bilandir hazil-mutoyiba qilgingiz keladi. Umuman, mamnunlik uchun intila boshlaysiz. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda faqat o‘zingizga suyanishingiz lozim bo‘ladi. Qarz olish haqidagi xayollarni miyangizdan chiqarib tashlang. Bugun har qanday ko‘rinishdagi safar muvaffaqiyatli kechadi.

    Manba: Hordiq.uz

    » » Munajjimlar bashorati: 21 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?