Munajjimlar bashorati: 16 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

  • 16-09-2018, 00:27
  • 1 693
  • Hayot tarzi
  • Munajjimlar bashorati: 16 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
    QOʻY (21. 03 — 20. 04)

    16 sentyabr kuni emotsiyangizni oʻzingizga boʻysundira olmasligingiz sababli jiddiy koʻngilsizliklarga duch kelishingiz ehtimoli bor. Harakat qiling, hali oldinda mavqeni yuqorilatish vazifasi turibdi. Moddiy ahvolingiz ham sizdan xotirjamlik talab qiladi. Agar xotirjam boʻlsangiz, kechqurunga borib moddiy holatingiz shu qadar yaxshinadiki, azaliy orzulagan buyumlardan birini xarid qilishga ham imkoniyat topasiz.

    BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

    Yulduzlar kuningiz aʼlo darajada kechishini bashorat qilsalar-da, halitdan maqtanishga, gʻururlanishga oʻtib ketmasligingiz tavsiya etiladi. Bilingki, gʻurur har qanday muvaffaqiyatni sindira oladi. Siz bugun aksincha tavbalar qilgan holda ish tutishingiz lozim. Oilasizlarning kuni tugʻadi. Baʼzilarning xonadonida non sindirish, yaʼni, unashtirish marosimlari boʻlib oʻtadi. Ayrimlar olis safarga otlanishi mumkin. Ishxonada hamkasblar bilan muloyim munosabat yuriting.

    EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

    16 sentyabrda hayajon, tahlika aralashib, sizni boshi berk koʻchaga olib kirib qoʻyishi mumkin. Ruhiy jihatdan jiddiy bezovtaliklar paydo boʻladi. Ularni yengib oʻta olganlar kunning ikkinchi yarmida muvaffaqiyatlarni qabul qilib olishlari mumkin. Muhabbatda turmush qilmaganlar sokinlikka koʻproq eʼtibor qaratishlari kerak. Bugun kuchli ehtiroslar sizga pand beradi xolos. Kechqurun doʻstlar bilan uchrashib, suhbat qurishingiz kutiladi.

    QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

    Shaxsiy hayotingizda jiddiy muammolar borligi sizni ertalabdan tashvishlantira boshlaydi. Ammo tashvish chekkan bilan muammo hal boʻlib qolmaydi. Xudodan soʻrash kerak. Tavbaga tayangan holatda astoydil soʻrash kerak. Ish qanchalar ogʻir boʻlmasin, oʻzingizni ayamang. Baʼzi doʻstlarimiz harakatchanligi, qatʼiyatliligi sabab kunning ikkinchi yarmida moʻmaygina daromad egasiga aylanishlari kutiladi. Ayol boʻlsangiz, bu pullardan bir qismini olib yangi kiyimlar xarid qilish vaqti yetdi.

    ARSLON (24. 07 — 23. 08)

    16 sentyabr kuni ishxonaga borasiz-u, kayfiyatingiz tushadi. Chunki sizga mukofot puli berilmaydigan boʻlganidan xabar topasiz. Xafa boʻlishga oʻrin yoʻq. Demak, siz oʻtgan haftada ishonib topshirilgan vazifani koʻngildagidek uddalamagansiz. Bunga qoʻshimcha tarzda tez-tez ishga kechikib borishga odatlangansiz. Nima boʻlganda ham harakat, harakat va harakat. Hamkasblar bilan munosabatlarni yanada iliqlashtiring.

    PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

    Kuningiz siz oʻylaganchalik zerikarli kechmasligi kutilmoqda. Ish joyingizda amalga oshirishingiz zarur boʻlgan ishlar qalashib yotibdi. Tadbirkor boʻlsangiz, yaxshi niyatga erishish uchun hamkorlarning koʻngliga qarang. Bugun xayriya tadbirlari, tantanali marosimlar va yangi uyga koʻchib oʻtish kabilar muvaffaqiyatli, omadli va xayrli kechadi. Kechqurun toza havoda sayr qilib kelgach, oilangiz davrasida vaqt oʻtkazing.

    TAROZI (24. 09 — 23. 10)

    16 sentyabrda vujudingiz kuchga toʻlib-toshadi. Togʻni ursangiz, tolqon qilar darajaga yetasiz. Ammo yaqin qarindoshlarning koʻnglini olish haqida ham unutib qoʻymasligingiz kerak. Dala hovlidagi tomorqada ishlash, tabiat qoʻynida dam olish va baliq tutish omadli kechadi. Agar jismoniy zoʻriqishlarga zoʻr bermasangiz, salomatligingiz ham koʻngildagidek koʻrinishda boʻladi. Ovqatlanishda meʼyorni biling, rejimni aslo buza koʻrmang.

    CHAYON (24. 10 — 22. 11)

    Yulduzlar bugun erta tongdan faqat yangi ishlarga qoʻl urish harakatida boʻlishingizni maslahat berishadi. Yangi ishlargina sizga koʻzlangan daromadlarni hadya eta oladi. Bu sohada imkoniyatlaringizdan sira shubhalanmang. Imkoniyatlar yetib ortarli darajada boʻladi. Ommaviy tadbirlarda bugun ishtirok etmang. Moliyaviy muammolar sal boʻshashsangiz oqsay boshlashi mumkin. Shuning uchun harakatingizni qiling va yaxshi yashashda davom eting.

    OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

    16 sentyabr kuni ertalabdanoq hali uyoqqa, hali buyoqqa chopib, bezovtalana boshlaysiz. Ammo bu harakatlaringiz oʻzingizga ham maʼlum emas, tushunarsiz. Demak, toʻxtash payti yetdi. Har bir ishni puxta reja asosida amalga oshirmas ekansiz, kechga qadar quruqdan-quruqqa chopib vaqt oʻtkazasiz xolos. Agar muhim ishlar roʻbaroʻ kelsa, ularni boshqa kunga qoldirmang. Ayniqsa, soliq toʻlash yoki yirik bir loyihaga pul tikish zarurati tugʻilsa, darhol bir qarorga keling. Shaxsiy hayotingizda deyarli muammo koʻzga tashlanmaydi.

    TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

    Yulduzlar buguningiz ajoyib tarzda boshlanib, shunday yakun topishini bashorat qilgan. Azaliy orzular haqiqatga aylanishi sizni yanada ilhomlantirish turgan gap. Faqat ish orasida jisman dam olishni ham unutmang. Moliyaviy masalada 16 sentyabr kuni koʻz koʻrib quloq eshitmagan natijalar koʻzga tashlanmaydi. Lekin pulsiz ham qolmaysiz. Kechqurun kimningdir xonadonida yangi mehmon dunyoga kelishi mumkin. Oʻzingizni ehtiyot qiling.

    QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

    16 sentyabr kuni ishlaringiz oʻngidan kela boshlaydi. Muhabbatda atrofingizni eng yoqimli lahzalar qurshab olishiga nima deysiz. Biroq kun boʻyi yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingizga toʻgʻri kelsa, ehtiyot boʻling. Yangi tanishni zimdan kuzating. Negaki, u kissavur boʻlib chiqsa nima qilasiz. Tagʻin bor-budingizni unday tilyogʻlamalarga ikki qoʻllab topshirib oʻtirmang. Qarama-qarshi jins vakillari yoki vakilalari bilan munosabat yuritish muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Ularni ancha naridan aylanib oʻtganingiz maʼqul.

    BALIQ (20. 02 — 20. 03)

    Kunni shoshma-shosharliklarsiz kechira boshlashingiz tavsiya qilinadi. Shoshma-shosharlik azaliy orzularingiz haqiqatga aylanishini yoʻqqa chiqaradi. Pul masalasida ham sokin boʻling. Sababi, bugun boshqalarga nisbatan kamroq daromad olishingiz kutilmoqda. Toqqa borib dam olish, havoga qarab choʻmilish yoqimli kechadi. Kimlardir oyoq, bosh ogʻrigʻidan bezovtalana boshlashi mumkin. Bu atmosferadagi magnit boʻronlari taʼsiri ham boʻlishi mumkin.

    Manba: Hordiq.uz

    » » Munajjimlar bashorati: 16 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?