20:13 / 13.11.2018
3 854

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (3-qism)

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (3-qism)
11. Ularni boshlaridan, qo‘llaridan va oyoqlaridan o‘ping. Bu bilan ularga katta surur baxshida qilingan bo‘lasiz. Bu onaning oddiygina haqidir. Bu bilan onani go‘zal suratda taqdirlagan bo‘lasiz. Shu o‘rinda doktor Maysara Tohir aytadilar:

– Men onamning boshlarini, qo‘l va oyoqlarini o‘pdim, farzandlarim ham boshimni, qo‘limni va oyolarimni o‘pdilar.

12. Farzandlaringizga so‘zda va amalda onangizning maqom va martabalari qandayligini bildiring. Bu o‘zingizni onangiz bilan muomalada chiroyli o‘rnak qilib ko‘rsatish bilan bo‘ladi. Farzandlaringiz sizning onangizga qilayotgan xizmatingiz, qadrlashlaringiz, hurmatlaringizga guvoh bo‘lsinlar. Ham sizga, ham onangizga ana shunday muomalada bo‘lishlarining eng yaxshi yo‘lidir.

13. Talablariga «labbay» deb javob berish va istaklarini vaqtida bajarishga doimo shay turish. Bu onaga yaqinlashishingizga imkoniyat bo‘ladi, jahllari chiqishidan qalqon bo‘ladi.

14. Ularga va’da bergandan keyin xilof qilmang. Va’da berib uni bajarolmas ekansiz, u holda aslo va’da bermang.

15. Hayotingizda erishgan barcha muvaffaqiyatlarni avvalo Alloh subhanahu va taoloning fazli, keyin esa ularning tarbiyasiga bog‘lang (nisbat bering). Bu ularning ko‘ngillariga g‘urur va baxt olib kiradi. Surur baxshida etadi. Farzandlari hayotda muvaffaqiyatlarga erishganlarida, tarbiyalarining natijasini ko‘rib mamnun bo‘ladilar. Bu ular bergan tarbiyaning mevalaridir. Zero, farzandlarning muvofaqiyatlari ota-onalarniki hamdir.

16. Haq bo‘lsangiz ham, ular bilan aslo tortishmang. Agar foydali ishda bo‘lsa, o‘zingizning qarashlaringizni chiroyli usul va fikrlaringizni go‘zal muomala bilan anglating. Agar ikkinchi darajali ishlardan bo‘ldigan bo‘lsa, taslim bo‘lish, xohishlarini amalga oshirish, fikrlarini eshitish afzal, muhim va eng to‘g‘ri ish hisoblanadi.

17. Insonlar oldida onangizning fikrlarini past sanamang. Nafaqat odamlar, balki aka-uka, opa-singillar oldida ham onangiz xoh yoningizda bo‘lsinlar, xoh bo‘lmasinlar, unday qilmang. Bu munkar so‘z, yoqtirmagani bilan uni eslashdir. Xoh borliklarida, xoh yo‘qliklarida bo‘lsin, ularga odobsizlik bilan muomala qilishdir.
18. Ularni hayotdagi ba’zi ishlarni bilmasligi bilan haqir, noqis sanamang, qiymatlarini tushirmang. Balki ularga o‘zingizni bilmagandek qilib ko‘rsatib, shu haqdagi ma’lumotlarni bildiring.
19. Ularning huzurida qah-qaha otib kulishdan va baland ovozda gapirishdan saqlaning. Ular o‘tirgan joyda nafrat nazari bilan, g‘azab qilgan holda yuzni burishtirgan holda bo‘lmang. Onangiz yoqtirgan ishdan norozilingizni oshkor qilmang. Bularning barchasi ularning ruhiyatlariga qattiq ta’sir qiladi.

20. Hayotingizning quvonchli xabarlarini avvalo onangiz bilan bo‘lishing va sirlaringizga sherik qiling. Bu bilan siz mislsiz quvonch bag‘shida qilgan va ko‘ngillariga yaqin yo‘l topgan bo‘lasiz. Qolaversa, katta bo‘lishingizga qaramasdan hamon onangizga muhtoj ekanligingizni ko‘rib xursand ham bo‘ladilar.

Davomi bor... 1-qism. 2-qism.
Sulaymon Soqir
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi

Abdulloh Rahimboyev tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (3-qism)