Qadimgi Xitoyda mandarinlar baxt, boylik va uzoq umr ko‘rish ramzi hisoblangan. Aynan shuning uchun ham mehmonga borayotib xitoyliklar mezbonlarga ana shu mevadan olib borishgan. Mezbonlar ham o‘z navbatida mehmonlarni uyga kuzata turib ularga mandarinlar tortiq qilishgan.
«Mandarin» so‘zi xitoy tilidan tarjima qilinganida «boyvachcha» ma’nosini anglatadi degan taxmin bor. Aynan Xitoy mandarin vatani sanaladi. Asta-sekin u Osiyoning boshqa mamlakatlari (Hindiston, Yaponiya)da yetishtirila boshlagan. Mandarin doim yashil ko‘rinishdagi daraxt. Mevalari 6 oydan 8 oygacha pishadi. Bitta daraxtdan o‘rtacha 600 donaga yaqin meva terib olinadi. Biroq uzoq umr ko‘radigan rekordchilar ham bor. Ularda 5000 donagacha meva yetiladi.
Mayo ilmiy markazi olimlari mandarinlar kayfiyatni ko‘tarishini aniqlashgan. Ularning hidi xavotir va zo‘riqishlardan xalos etib, odamga optimistik ruh beradi. Mandarinlar tarkibida nitratlar yo‘q. Bu ularning mevasida limon kislotasi ko‘pligi bilan bog‘liq. U esa o‘z navbatida o‘z xususiyatlari bilan zararli ta’sirlarni neytrallashtiradi.
Mandarinlarning butun dunyoda mashhurligiga qaramay mandarin sharbatini sotuvda ko‘rishning iloji yo‘q. Buni termik qayta ishlovda uning barcha foydali xususiyatlari yo‘qolishi bilan izohlash mumkin. Bundan tashqari, mandarindan ko‘p sharbat chiqmaydi. Uni meva holida sotish ancha foydali. Mandarin sharbatining ta’mi ham o‘ziga xos bo‘lib, barchaga birdek yoqavermaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi