08:45 / 27.12.2018
6 387

Shampun, atir sovun va tish pastalarining kutilmagan zarari aniqlandi

Shampun, atir sovun va tish pastalarining kutilmagan zarari aniqlandi
Berklidagi Kaliforniya universiteti olimlari o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida shampun, atir sovun hamda tish pastalari bolalar va o‘smirlar organizmi uchun zararli ekanini aniqlashdi.

Ularning xulosasiga ko‘ra, shampun, atir sovun va tish pastalari tarkibidagi kimyoviy moddalar bolalar, o‘smirlarda ruhiyat bilan bog‘liq xastaliklar, bundan tashqari, ko‘krak va jinsiy a’zolar saratoni kabi kasalliklarni keltirib chiqararkan.

Bularning barchasi tadqiqotlar davomida 400 nafarga yaqin 7-14 yosh atrofidagi qizlar, o‘g‘il bolalarda kuzatuvdan o‘tkazildi. Ularning aksariyati organizmida xuddi shunday xastaliklar yuz ko‘rsata boshlagani ma’lum bo‘ldi.

Olimlar kelgusida shampun, atir sovun va tish pastalari yoshi ulug‘lar organizmiga qanday ta’sir o‘tkazishi xususida izlanishlar olib borishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shampun, atir sovun va tish pastalarining kutilmagan zarari aniqlandi