Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?

  • 31 dekabr 2018, 00:00
  • 3 428
  • Hayot tarzi
  • Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?
    QON: Tushda qon ko‘rish yorug‘lik belgisi. O‘zingizni qonga bo‘yalgan holda ko‘rsangiz, hayotning qaysidir jabhasida muvaffaqiyatga erishasiz.
    ISITMA, BEZGAK: Tushingizda isitmangiz ko‘tarilib, bezgak tutayotgan bo‘lsa, bo‘lar-bo‘lmas ishlar haqida behuda xavotirlanayotgan bo‘lib chiqasiz. Hayotda mazmunli, qiziqarli, foydali hodisalar, ishlar ko‘p. O‘zingizni qo‘lga oling va foydali ish bilan band bo‘ling.
    MARVARID: Tushda marvarid ko‘rish kutilmagan boylik va muvaffaqiyat olib keladi. Agar ayolga suyukli insoni tushida marvarid sovg‘a qilsa, baxti yanada to‘kis bo‘ladi. Ayol tushida marvaridini yo‘qotib qo‘ysa, uni favqulodda ko‘ngilsizliklar, g‘am-anduhlar kutadi.
    DEVOR: Tushda baland devor ustiga chiqsangiz, martabangiz oshadi. Devordan yiqilsangiz, qo‘lingizdan kelmaydigan ishga qo‘l urishingiz kutiladi. Tushda do‘stlar bilan devor ustida o‘tirsangiz va to‘satdan devor qulab tushsa, yaqinlaringizdan kimdir baxtsiz hodisaga yo‘liqishi mumkin.
    SUT: Tushingizda sut ko‘rsangiz ham, ichsangiz ham hayotingizda yorqin hodisalar ko‘payishidan darak beradi. Agar ichayotgan sutingiz kirlangan yoki ichiga yoqimsiz narsa tushib qolgan bo‘lsa, aksincha, baxtsizlikka, muvaffaqiyatsizlikka uchrashingiz ehtimoli bor.
    OLTIN BALIQ: Tushingizda oltin baliq ko‘rsangiz, omadli va yoqimli sarguzashtlarni boshdan kechirasiz. Turmushga chiqmagan qiz yoki ayol kishi tushida oltin baliq ko‘rsa, kelishgan va badavlat insonga turmushga chiqadi. Oilali bo‘lsa, turmush o‘rtog‘ining ishlari yurishib, ro‘zg‘origa baraka kiradi. Tushda chala o‘lik yoki o‘lik holdagi oltin baliqni ko‘rsangiz, shaxsiy hayotda shafqatsiz sinovlarga duch kelasiz.
    AYIQ: Tushda ayiq ko‘rish eng muhim va serdaromad ishlarda yangi raqiblar paydo bo‘lishini anglatadi. Ayiqni o‘ldirsangiz, eng og‘ir vaziyatdan silliqchasiga chiqib keta olasiz. Turmushga chiqmagan qiz tushida ayiq ko‘rsa, o‘ta xavfli raqiba yo‘liga ko‘ndalang bo‘ladi, qaysidir masalada omad undan yuz o‘giradi.
    AXLAT: Tushingizda axlat ko‘rsangiz, ishlaringiz orqaga ketadi. Cheksiz axlat uyumini ko‘rsangiz, atrofdagilar sizni kamsita boshlashi, ishlaringizda muvaffaqiyatsizliklar paydo bo‘lishi mumkin.

    Manba: Hordiq.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?