14:43 / 17.01.2019
5 838

"To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: “Aqrab” burji vakillari uchun (22 oktyabr – 22 noyabr)

"To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: “Aqrab” burji vakillari uchun (22 oktyabr – 22 noyabr)
Umumiy bashorat
“Aqrab”larni 2019 yil turli sohalarda yorqin o‘zgarishlar kutmoqda. Bu ayniqsa, o‘qish, ish, sevgi-muhabbat va hatto boshqa shaharga ko‘chish borasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agar o‘ziga ishonib, qat’iyat bilan harakat qilsa, yo‘llarida hech qanday to‘siqlar uchramaydi. Yulduzlar 2019 yil bahorining oxirlariga katta rejalar tuzishni maslahat berishmaydi. Ular amalga oshmay qolishi ehtimoli bor.

Yozda “Aqrab”lar kuch-quvvatga to‘la bo‘lishadi. Ana shunday qizg‘in pallada ish va oiladagi ko‘pgina masalalarni hal etish mumkin.

Sevgi borasida havas qilarli o‘zgarishlarni “To‘ng‘iz yili” va’da bermaydi. Biroq “To‘ng‘iz yili”da bo‘ydoqlarning oila qurishi kutilmoqda. Shuningdek, o‘zlari ko‘pdan beri kutgan ish joyiga ega bo‘ladilar. Moliyaviy ahvolingiz ham tubdan o‘zgaradi.Hamkasblaringiz orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lasiz.Yulduzlar “To‘ng‘iz yili”da atrofdagilarga kamroq yordam qo‘lini cho‘zib, ko‘proq o‘zlari haqida g‘amxo‘rlik qilishni ham tavsiya etishmoqda.

“Aqrab”lar “It yili”da katta daromadga ega bo‘lmagan edilar, biroq “To‘ng‘iz yili” ularning karmonlarini to‘ldiradi. Faqat ularni rejaga ko‘ra sarflang. Aks holda ko‘p narsani qo‘ldan boy berasiz.

Tadbirkorlar uchun fevral oyi og‘ir kechadi. Ammo aytilgan joyga o‘z vaqtida yetib borishga o‘rgansangiz, foydali shartnomalar tuzish va e’tiborli hamda tajribali kishilar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.

2019 yilda kichkinagina do‘kon ochish ham, daromad olib keladi. Ijod yo‘nalishida ham muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Barcha narsani ipidan ignasigacha o‘ylab ish ko‘radigan burj egalari bahorga kelib barcha muammolarni hal qiladilar va anchadan beri amalga oshmayotgan rejalarga yo‘l ochiladi. 2019 yilda katta yoshdagi yaqinlaringiz va rahbariyat bilan tortishish yaxshilikka olib kelmaydi. Qandaydir masalalarda siz haq bo‘lishingiz mumkin, biroq murosa qilish — bu borada eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Rejali ish yuritishga harakat qiling, aks holda fevralda qilgan rejalaringiz ham amalga oshmay qoladi.Har bir oyga xarajatlar ro‘yxatini tuzishga odatlansangiz moddiy jihatdan foyda beradi. Uyning ta’mirlash ishlari ham 2019 yilgi rejaga kiritilgan. Xo‘jalik ishlaridagi hech bir muammoni ko‘zdan qochirmang.

Yulduzlar 2019 yilda yozgi mavsum ajoyib o‘tishini bashorat qilishmoqda. Ko‘pdan beri borishni istagan mamlakatga sayohat uyushtirasiz. Sayohat uchun mablag‘ni qayerdan olaman, deya bosh qotirmang.Yulduzlarning aytishicha, oylik maoshingizga qo‘­shim­cha mukofot pullari ham sizni kutmoqda. Ba’zilar sayohatdan tashqari yil davomida xizmat safarlariga ham chiqadilar.

Kuzda bu burj vakillari biroz hordiq chiqa­rish­lari kerak. Ta’til payti oila davrasida tog‘li joylarda dam olishga harakat qiling. Hordiq telefon qo‘ng‘iroqlarisiz va ortiqcha bezovtaliksiz mukammal bo‘lsin.

Dekabr oyi ham sermazmun o‘tadi. Yil davomida amalga oshirgan ishlaringizni sarhisob qilib, qu­vonasiz. Yaqinlaringizga sovg‘alar tayyorlab qo‘yishni va archa oldida niyat qilishni unutmang. Zero, ushbu o‘ylagan niyatingiz, albatta, amalga oshadi.

ShAXSIY HAYoT
2019 yilda shaxsiy hayotda ko‘plab yaxshi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Hatto sizning oilaviy baxtingizni ko‘rib, atrofdagilar havas bilan qarashadi.

Yulduzlar oilalilarga ko‘proq tabiat qo‘ynida oila a’zolari bilan hordiq chiqarishni va yaqin­lar ishtirokida bayramlar o‘tkazishni tavsiya qil­moqda. Bayram uchun biror sabab bo‘lmasa-da, farzandlaringiz bilan qiziqarli tadbirlar tashkillashtiring.

Nafaqat xo‘jalik ishlari va daromad izlash, balki bolalar tarbiyasi bilan ham shug‘ullanishni unutmaslik kerak. Uy-joyni kengaytirish vaqti keldi. Uy borasida ikkilanmang — tavakkal ba’zida yaxshi natijalarga olib keladi.

“To‘ng‘iz yili”da maishiy muammolarni hal etish borasida sizga oltin medal bersa ham arziydi. Unutmang, agar o‘zingiz istasangiz, barcha masalalar yechimini topadi.

Turmush o‘rtog‘ingiz bilan hech qanday muammolar yuzaga kelmaydi. 2019 yil bir-biringizni tushunib, ahil va inoq hayot kechirasiz.
Oila qurish istagida yurganlar esa kuz oylarida kimnidir qattiq sevib qoladilar.

SALOMATLIK
Bu burj vakillarining salomatligi mustahkam. Biroq unga bee’tibor bo‘lish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Agar to‘g‘ri ovqatlansangiz, suzish bilan shug‘ullansangiz, har kuni ma’lum masofaga yugursangiz va kulib yursangiz, sog‘liq bilan bog‘liq ko‘pgina muammolarni chetlab o‘tgan bo‘lasiz.

Muzlatgichni darhol “tekshiruv”dan o‘tkazing. U yerda faqat sabzavot va mevalarni hamda sut mahsulotlarinigina qoldiring. Dam olish kunlari farzandlaringiz bilan faol o‘yinlar o‘ynash ham foydadan xoli emas.

Yulduzlar 2019 yilda sizga jigar va teringizni tozalashni maslahat berishmoqda. “To‘ng‘iz yili”da allergiya ham xavf solishi mumkin. Og‘ir kasallikka chalinib qolmadimmikan, degan xavotirni bas qiling. Hayotga ishonch va umid bilan boqing.

KARERA
2019 yilda karera borasida sizni obro‘li va e’tiborli kishilar qo‘llab-quvvatlaydi. Moliyaviy jihatdan “To‘ng‘iz yili”da muammolar yuzaga kelmaydi. Tavakkal bilan boshlangan ishga mablag‘ sarflamang. Avval sizni aldagan kishilardan o‘zin­gizni chetda tutsangiz, muammolar yuzaga kelmaydi.

Hujjatlarni imzolashda va pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda ehtiyotkor bo‘ling. Ishga va daromadga taalluqli ma’lumotlarni boshqalarga “gullab” yurmang.Yulduzlar sizga har oy yutuqli chipta olishni maslahat berishmoqda. Zero, katta miqdordagi pul yutug‘i yoki uy-joy yutib olishingiz ehtimoldan xoli emas.

AYoL "AQRAB"LAR
2019 yil ayollar uchun oson kechmaydi. Oilada ro‘zg‘or tashvishlari sizning bo‘yningizga tushadi. Ish va ro‘zg‘or tashvishlari oiladagi munosabatlarga ham, salomatligingizga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi. Og‘ir yuk ko‘tarish, daraxt ekish sizning vazifangiz emas. Erkaklar qilishi kerak bo‘lgan ishlarni bajarmaslikka harakat qiling. Bunday qahramonlikni turmush o‘rtog‘ingizga qoldiring. O‘zingiz esa oshxonada shirin taomlar bilan yaqinlaringizni xushnud eting. Farzandlaringiz bilan ochiq suhbatlashishga o‘rganing.Oila a’zolari bilan munosabat qilishda ishonch va samimiylikka tayaning. 2019 yilda tashqi ko‘rinishingizga yanada ahamiyatli bo‘lishingizni tavsiya qilamiz. Chunki siz tabiatan maftunkor ayolsiz. “To‘ng‘iz yili”da go‘zallik saloni, kosmetologiya, yuz uchun niqoblar va zamonaviy liboslarga ko‘proq urg‘u bering.

Yozning oxiri va kuz, ayniqsa, omadli kechadi. Yil so‘nggida esa eski qadrdonlarni uchratasiz.

ERKAK "AQRAB"LAR
Erkaklarda 2019 yil xizmat safarlari juda ko‘p bo‘ladi. Biroq ularni rad etish yaramaydi. Chunki ular tufayli yaxshigina daromad topishingiz mumkin. Ha, aytgancha, safarga ot­la­nish chog‘ida dori-darmonlarni “g‘amlab” olishni unutmang. Doimiy yo‘l tashvishlari salomatligingizga ta’sir qilish ehtimoli bor.

“To‘ng‘iz yili”da do‘stlaringiz yoki oila a’zolaringizdan birini ma’naviy qo‘llab-quvvatlab turishingizga to‘g‘ri keladi. Ota-onangizni tez-tez yo‘qlab turishni ham yoddan chiqarmang.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: “Aqrab” burji vakillari uchun (22 oktyabr – 22 noyabr)