AQShlik olimlar guruhi bir qator tadqiqotlar o‘tkazib, uyqu insonning immun tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va buning natijasida shamollab qolish xavfi kamayishi haqidagi xulosaga keldilar.
Mutaxassislar 170 ga yaqin odam ishtirok etgan tajriba o‘tkazishdi. Ishtirokchilar 2 guruhga bo‘linib, ular uyqu uchun turli vaqt ajratdilar. 1-guruhdagi odamlar 5-6 soat, 2-guruhdagilar esa 6-7 soat uxlashgan. Bundan tashqari, 2-guruhdagilar kunduzi ham dam olishgan. Tadqiqot 7 kun davom etgan.
Tajriba yakunlangach, barcha ishtirokchilar immunitetga sinovdan o‘tishgan. Natijada ko‘proq vaqt uxlagan ishtirokchilar chidamliroq immun tizimiga ega bo‘lganlar.
Mutaxassislar shu tariqa uyqu immun tizimiga ijobiy ta’sir qilishi va shu sababli kasalliklar, birinchi navbatda shamollash ehtimolini kamaytirishi haqidagi taxminni tasdiqlashdi. Immunitetni umumiy oshirish uchun 8-10 soat uyqu yetadi.
Biroq olimlar keyingi tadqiqotlar davomida uyquning bir o‘zigina to‘liq tuzalish uchun yetarli emasligi haqidagi xulosaga kelishdi. Uyqu ko‘p suyuqlik ichish, vitaminlar, zarur bo‘lganda dorilar qabul qilish bilan birga "ishlashi" kerak. Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, muntazam ravishda xonalarni shamollatib turish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi