Parishonxotirlik sklerozi kasaliga chalingan bemorlar gazlangan ichimliklar isteʼmol qilmasligi kerak. Agar ular kuniga ikkita ichimlik ichishsa, u holda ogʻir nogironlikka besh marta koʻproq chalinar ekan. Germaniyalik olimlar shunday xulosaga kelishdi.
Ularning aytishicha, katta miqdorda gazlangan va shakarli ichimliklar isteʼmoli parishonxotirlikka chalinganlar ahvolini yomonlashtirar ekan. Bunday mahsulotlar qatoriga nafaqat gazlangan ichimliklar, balki tarkibida shakar boʻlgan choy va qahva ham kiradi.
Gap shundaki, parishonxotirlik sklerozi mavjud bemorlar oʻz kasalligi alomatlarini parhez yordamida yaxshi nazorat qila olishi maʼlum boʻlgan.
“Parishonxotirlik sklerozi bor odamlar taomlar va uning alohida qismlari ulardagi kasallik rivojlanishiga qanday taʼsir qilishini bilishni xohlashadi, - deydi Boxumdagi St. Josef Hospital muassasasidan boʻlgan tadqiqot mualliflari. – Biz parhez va kasallikning oʻzi oʻrtasidagi qatʼiy bogʻliqlikni topa olmadik, lekin ushbu aloqani gazlangan ichimliklar, shirin sharbatlar, shakar choy va qahvaning nogironlikni rivojlanishi oʻrtasida topdik. Shuning uchun parishonxotirlik skleroziga chalingan bemorlar ratsionida tarkibida shakar boʻlgan ichimliklarni minimum darajagacha tushirish maqsadga muvofiq”.
Maʼlumot uchun, parishonxotirlik sklerozi bu autoimmun kasalligi boʻlib, inson immun tizimi xato tufayli asablarning miyelin poʻstlogʻini yoʻq qiladi. Aynan ushbu poʻstloq orqali miyaga tananing turli qismlaridan signallar yetkaziladi. Ushbu dardga duchor boʻlganlar uzluksiz tarzda tana ustidan nazoratni yoʻqotib boradi. Lekin har bir insonda u individual ssenariy asosida rivojlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi