Olimlar turli davlatlarning uzoq umr ko‘ruvchi insonlari ratsionini o‘rganib, ularning uzoq umr ko‘rishi va foydali mahsulotlar iste’mol qilishi o‘rtasidagi qonuniyatni aniqlashdi. Bu haqda “Argumentы i faktы” nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Parhezshunos Mariyat Muxinaning so‘zlashicha, gap antioksidantlar – DNKni barbod qiluvchi va hujayralar o‘lishiga ko‘mak beruvchi erkin radikallarga qarshi kurashuvchi moddalarga ega oziq-ovqat mahsulotlari haqida bormoqda.
Tarkibida antioksidantlarning ko‘pligi bo‘yicha ko‘k choy yetakchilik qiladi. U siydik haydovchi vosita va moddalar almashinuvi katalizatori hisoblanadi. Muxinaning aytishicha, choyni har kuni ichish foydalidir. Keyingi o‘rinlarni xurmo va chakanda (oblepixa) egallamoqda. Xurmo tarkibida 23 ta aminokislota, jumladan triptofan moddasi bor bo‘lib, u ruhiyatni barqarorlashtirib, kayfiyatni yaxshilaydi. Chakandada katta miqdorda A vitamini bor bo‘lib, u keksayishni sekinlashtiradi va organizmning immun jarayonlarida ishtirok etadi.
Keyingi o‘rinlarni o‘simtalarga qarshi faolikka ega moddalar – antotsianga ega chernika va likopin moddasi evaziga organizmni me’yoridan ko‘p ovqat yeyish va vazn to‘plashdan qutqaruvchi pomidor egallagan. Parhezshunos umrni uzaytiruvchi mahsulotlar qatoriga sut-qatiq mahsulotlarini ham kiritgan. Ular tarkibiga foydali aminokislotalar, vitaminlar va kalsiy kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi