11:22 / 24.09.2019
4 025

Qaysi millat sekinroq qarimoqda?

Qaysi millat sekinroq qarimoqda?
Foto: depositphotos.com
Joriy yilda xalqaro olimlar guruhi tadqiqot o‘tkazib, dunyoning turli davlatlar aholisi qanchalik tez qarishini baholashdi. Ushbu ma’lumotlar «The Lancet» ilmiy jurnalida chop etilgan.

«Rambler»ning yozishicha, tadqiqot chog‘ida keksaygan sari ko‘proq namoyon bo‘ladigan va yaxshi yashashiga xalaqit beradigan xastaliklar hisobga olingan (yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, Parkinson xastaligi, eshitish qobiliyati yomonlashishi, katarakta, Alsgeymer, yurayotganda yiqilish natijasida olgan jarohatlar). Tadqiqot 1990 — 2017 yillar davomida olib borilgan.

Bu o‘rinda yaponlarga havas qilsak arziydi — ularda qarishning ilk alomatlari o‘rtacha 76 yoshda namoyon bo‘ladi. Shveysariya, Fransiya, Singapur va Quvaytdagi ko‘rsatkichlar ham shunga yaqinroq: qarish 75 yoshdan keyin bilina boshlaydi.

Jinslar o‘rtasidagi tafovutga kelsak, ayollar erkaklardan ko‘ra sekinroq qarishadi. Sababi — evolyutsiyaga ko‘ra, ayol miyasi erkaklarnikiga qaraganda sekinroq keksayadi. Chunki ular qarib-qartayguncha kelajak avlod tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lishadi!

Bu borada kimning omadi chopmagan? Qarish belgilari boshqalarga qaraganda birinchi bo‘lib Papua-Yangi Gvineya aholisida qayd etiladi — 45 yoshda! 50 yoshdan so‘ng esa Afg‘oniston, Vanuatu, Marshall va Solomon orollari aholisida seziladi.

Qarish jarayonining dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichi 65 yoshni tashkil etadi.

Yaxshi yangilik: 1990 yildan buyon butun dunyo bo‘yicha keksalikka oid kasalliklar tufayli o‘lim darajasi kamaygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qaysi millat sekinroq qarimoqda?