Qanday qilib 24 soat ichida shamollash alomatlarini yengish mumkin?

  • 21 noyabr 2019, 06:30
  • 1 439
  • Hayot tarzi
  • Qanday qilib 24 soat ichida shamollash alomatlarini yengish mumkin?
    Britaniya shifokorlaridan eng maqbul kun tartibi.

    Ertalab uyqudan uyg‘ongandagi o‘zini betob his qilish kabi yoqimsiz holat har birimizning boshimizdan o‘tgan. The Sun nashri bir kunda tetiklashishni va kasal bo‘lmaslikni istaydiganlar uchun britaniyalik ekspertlar bilan bo‘lgan suhbat hamda uning asosida tayyorlangan «mukammal kun tartibi»ni e’lon qildi.

    Tong
    Kuningizni issiq dush qabul qilishdan boshlang. Kardiff universiteti professori va shamollashni davolash bo‘yicha mutaxassis Ron Eklz shuni ta’kidlaydiki, bug‘ burun bitishini bartaraf etadi, issiq suv esa tana zirqirashini yengishda yordam beradi.

    So‘ngra nutritsiolog Amanda Arsell tavsiyasiga ko‘ra S vitaminining kunlik miqdori bilan quvvatlanish kerak. Nonushtaga qo‘shimcha ravishda apelsin va kivi qo‘shilgan mevali salat qo‘shish mumkin yoki sevimli bo‘tqani rezavorlar bilan bezatish kifoya. Tonggi qahva va choydan esa voz kechgan ma’qul: tarkibida kofein bor va boshqa suyuqliklarga nisbatan aynan ular organizmdan tezroq chiqib ketadi. Yangi siqilgan apelsin sharbati tetiklanishda samaraliroq foyda keltiradi.

    Kunduzgi vaqt
    Shamollashning birinchi alomatlari yuzaga kelishi bilan, iloji boricha, ishlarni ortga surib, uyda issiq holatda qolishga harakat qiling. Ammo tashqariga chiqish zaruratga aylansa, birinchi navbatda burunni sovuqdan himoyalash kerak — antitelalarning viruslar bilan kurashi aynan burunda ro‘y beradi. Burunni issiq sharf bilan berkiting va yoningizda burunni namlantiruvchi sprey olib yuring.

    Betoblik holatiga davo qiluvchi eng yaxshi taom tovuq sho‘rva hisoblanadi va Angliyaning Lister shifoxonasi LOR-jarrohi Adam Frosh bu fikrga mutlaq qo‘shiladi. Bunday sho‘rva nafaqat oziqlantiradi, balki iliqlik va qulaylik hissini beradi — kasal inson uchun ideal taom. Shuningdek, shifokorlar iloji boricha ko‘proq suv ichishni va spirtli ichimliklardan saqlanishni maslahat berishadi.

    Agar ishtaha yo‘qolmagan bo‘lsa, ovqatlanish oralig‘ida Braziliya yong‘oqlaridan juft hovuch miqdorida iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Amanda Arsellning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yong‘oq tarkibidagi selen katta foydani hosil qiladi — u immunitet tizimi uchun muhim element, ya’ni oqsillar bilan birikib, viruslarga qarshi kurashda yordam beradi.

    Kechqurun
    Kechki ovqat uchun achchiq karri qo‘shilgan taom tayyorlang. Amanda ziravorlar burun shilliq qavatini tirnash xususiyati keltirib chiqaradi va burun bitib qolishiga to‘sqinlik qilib uni tozalashni osonlashtiradi degan fikrda. Shundan so‘ng, siz o‘zingizni darhol yaxshi his etasiz.

    Ko‘pincha, shamollashning birinchi alomatlarida, odamlar hech bo‘lmaganda birortasi ish beradi deb umid qilib, bir necha xil dori vositalari ichishadi. Ammo doktor Frosh paratsetamol va ibuprofenni cheklashni maslahat beradi. Dozalash ishlab chiqaruvchiga bog‘liq, shuning uchun qo‘llashdan oldin ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqing. Eng oxirgi ibuprofen tabletkasini yaxshisi tunda ichgan ma’qul: uning ta’siri odatda uzoqroq davom etadi va uxlab qolishingizga yordam beradi. Ikkala dori ham bir-biriga o‘xshash tarzda ta’sir o‘tkazadi, birgalikda harorat va og‘riqqa qarshi kurashadi.

    Uyquga ertaroq yotgan ma’qulroq. Uyqusizlik immunitet tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: himoyalovchi oqsillarni ishlab chiqarish kamayadi. Kamida 8 soat dam olish zarur, aks holda tana himoyasi zaiflashadi va kunduzgi davolash choralarining ta’siri kamayadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qanday qilib 24 soat ichida shamollash alomatlarini yengish mumkin?