Everest dunyodagi eng baland cho‘qqi hisoblanib, u Himolay tog‘ining Xitoy-Nepal chegarasi Mahalangur qismida joylashgan. U Xitoyning janubi-markaziy Tibet va shimoli-sharqiy Nepalni ajratib turadi. Quyida tog‘ bilan bog‘liq juda qiziq ma’lumotlarga ega bo‘lasiz:
1. Everest cho‘qqisi dunyodagi eng baland cho‘qqi bo‘lib, dengiz sathidan 8848 metr balandlikda joylashgan.
2. 4000 kishi Everestga chiqishga urinib ko‘rgan, 660 kishi muvaffaqiyatga erishgan, 142 kishi vafot etgan.
3. Everest taxminan 60 yoshda.
4. Everest cho‘qqisiga chiqqan eng keksa odam Yaponiyalik Yuichiro Miura. U 80 yoshida 224 kun deganda Everestni zabt etishga muvaffaq bo‘lgan.
5. Kenton Kool Everestga 13 marta chiqqan, u Buyuk Britaniyaning eng yaxshi Everest alpinisti hisoblanadi.
6. Everest cho‘qqisida biz qabul qiladigan normal darajadagi kislorodning uchdan bir qismi bo‘ladi.
7. Everest Shard (Londonning eng baland binosi)dan 28 baravar balanddir.
8. Everestda yuqoriga ko‘tariladigan ikkita yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular Janubiy Kol va Shimoli-sharq tizmasi.
9. Sovuq havoda Everestdagi harorat -600 S gacha tushishi mumkin.
10. Everest tog‘iga ko‘tarilgan eng keksa ayol Tamae Vatanabe. U 2012 yil 19 mayda 73 yoshida 180 kun ichida cho‘qqiga yetgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi