07:30 / 10.12.2019
9 481

Dunyodagi eng xavfli o'simliklar qaysilar?

1. Cicuta maculata
Dunyodagi eng xavfli o'simliklar qaysilar?
Ushbu gul tarixiy buyuk shaxs Suqrotning oʻlimiga sababchi boʻlgan gul hisoblanadi.
U Shimoliy Amerikada ham “eng zaharli oʻsimlik” deya taʼriflangan. Bu oʻsimlik tufayli koʻpchilik vafot etgan va tirik qolganlari ham amneziya va surunkali qaltirash bilan aziyat chekishlari mumkin.
2. Atropa belladonna

Afsonalarga qaraganda Makbetning askarlari bosqinchi daniyaliklarni ushbu oʻsimlik bilan zaharlagan. Bu oʻsimlik zaharli boʻlib, barglari va ildizlarida atropin va skopolamin moddasi mavjud va mushaklarning falaj boʻlishiga sababchi boʻladi, shu jumladan yurakka ham salbiy taʼsir oʻtkazadi.
3. Ageratina altissima

Mazkur oʻsimlik sabab Abraham Linkolnning onasi zaharlangan edi. U asosan Shimoliy Amerikada uchraydigan oʻsimlik boʻlib, mayda oq gullardan tashkil topgan va tarkibida trematol deb nomlanuvchi zaharli spirt mavjud.
Toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilish natijasida emas balki, bechora Nensi Xanks shu oʻsimlikni yegan sigirning sutini ichibgina zaharlangan edi. Zaharlanishning belgilari - ishtahaning yoʻqolishi, kuchsizlik, tilning qizarib ketishi va shu kabilardir.
[b]4. Ricinus communis


Bezak sifatida oʻstiriladigan bu oʻsimlik Afrikada keng tarqalgan boʻlib tarkibida zaharli moddalarni oʻz ichiga oladi va kam miqdorda isteʼmol qilish oʻlimga olib kelishi mumkin. Koʻpincha kichkina hayvonlar va yosh bolalar bu oʻsimlik qurboniga aylanib qolishi mumkin.
5. Nerium oleander

Qadimgi Rimda oqsoqol Pliniy tomonidan tasvirlangan, oleander oʻzining ajoyib gullari bilan mashhur oʻsimlikdir. Odatda toʻsiq va bezak sifatida oʻstiriladigan boʻlsa-da, bu oʻsimlik xavfli boʻlib, oleandrin va neriin deb nomlanuvchi oʻldiradigan glikozidlarni oʻz ichiga oladi. Agar ushbu oʻsimlik bilan zaharlansa bemorda qusish, yurak urishining tezlashishi kabi alomatlar yuzaga chiqadi va oxir oqibatda oʻlimgacha boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dunyodagi eng xavfli o'simliklar qaysilar?