
«Liverpul» yarim himoyachi Rayan Gravenberx bilan yangi shartnoma masalasida muzokaralarni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hozircha futbolchining o'zi bilan rasmiy uchrashuvlar o'tkazilmagan, biroq klub rahbariyatining pozitsiyasi aniq: niderlandiyalik futbolchiga yaqin orada kelishuvni uzaytirish taklif etiladi, deya xabar beradi jurnalist Pol Djoys. 23 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Gravenberx «Liverpul»ga 2023 yilda «Bavariya»dan ko'chib o'tgan. Joriy mavsumda Arne Slot jamoasi safida barcha turnirlarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.