
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan so‘ng Avstriya terma jamoasi himoyachisi Ifeani Ndukve atrofida transfer kurashi avj oldi. Kurier.at xabariga ko‘ra, bu poygada inglizning «Liverpul» klubi ustun kelgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, markaziy himoyachi kelasi yozda Vena «Avstriya»sini tark etib, APL klubiga yo‘l oladi. Kelishuvning aniq qiymati hozircha oshkor qilinmagan. Avvalroq aprel oyida Ndukveni Milan «Inter»i ham o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rgan, biroq bo‘yi 198 sm bo‘lgan, nigeriyalik va rossiyalik ildizlarga ega futbolchi o‘sha paytda jamoada qolishni afzal ko‘rgan.
Joriy mavsumda Ndukve UEFA Yoshlar ligasida 1 uchrashuvda, shuningdek, «Avstriya»ning zaxira jamoasi safida Avstriyaning ikkinchi divizionida 7 o‘yinda maydonga tushgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.