QHTBT portalida O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi e’lon qilingan. Konsepsiya bandlaridan birida QQS stavkasining pasaytirilishi nazarda tutilgan, deb yozadi Norma.
QQS stavkasini 20%dan 12%gacha pasaytirish taklif etilmoqda. Bunda uni to‘lovchilar doirasi kengaytiriladi. Barcha biznes sub’ektlari, shu jumladan yiliga 1 mlrd so‘mdan ortiq oborotga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar ham uni to‘laydi.
Bugungi kunda mikrofirmalar va kichik korxonalar faqat ixtiyoriy ravishda QQS to‘laydilar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari bundan mustasno.
QQSni hisoblab chiqarish va to‘lash mexanizmlari soddalashtiriladi. Xarid qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan chegirilmaydigan xarajatlar va kapital qo‘yilmalar (asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar) bo‘yicha butun «kiruvchi» QQSni hisobga kiritish taklif etilmoqda.
Mavjud tizimda QQSni faqat haqiqatda olingan hamda ishlab chiqarilgan va o‘z ehtiyojlari uchun ishlatilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha, agar bunda muayyan shartlarga rioya etilsa, hisobga kiritish mumkin. Kapital qo‘yilmalar va chegirilmaydigan xarajatlar bo‘yicha QQS hisobga qabul qilinmaydi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chakana tarmoq orqali sotiladigan bo‘lsa, uni sotish bo‘yicha oborotlarni QQS to‘lashdan ozod qilish mo‘ljallangan.
Soliq qamrovini oshirish maqsadida, shu jumladan tovarlarni import qilish chog‘ida QQSni to‘lash bo‘yicha samarasiz imtiyozlar inventarizatsiyadan o‘tkazilib, bekor qilinadi.
Soliq kodeksi va boshqa NHHlarda ko‘p sonli soliq to‘lovchilarga QQSni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berilgan, ular to‘lovdan ozod qilingan. Ko‘pincha ular maqsadsiz tusga ega bo‘lib, QQS to‘lash va hisoblash zanjiri uzilishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi
Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi?