Foto: Huquqiy axborot kanali
Oʻzbekistonda kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, kripto-birjalar va kripto-aktivlar aylanmasi boʻyicha faoliyatga qimmatli qogʻozlar, birja va birjalar faoliyatiga oid qonunchilik tatbiq etilmaydi.
Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar Oʻzbekiston hududida shoʻba yoki boshqa turdagi tashkilotlarini ochish asosida faqatgina chet el yuridik shaxslariga beriladi.
Bunda ularning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻliq valyuta operatsiyalariga nisbatan valyutani tartibga solish haqidagi qonunchilikning normalari tatbiq etilmaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻliq operatsiyalari soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi, ulardan olingan daromad esa soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydi.
Shuningdek, kripto-birjalar koʻrsatgan xizmatlari uchun mukofot, shu jumladan kripto-aktivlar olish hamda ularning mijozlardan undiriladigan miqdorini belgilash, shuningdek kripto-aktivlarni milliy va chet el valyutalari orqali tasarruf etish hamda boshqa kripto-aktivlarga almashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bilan birja kelishuvlarini tashkil qilish huquqiga ega boʻlishi belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi