“Bunyodkor” va “O‘zbekiston” metro bekatini bog‘lovchi ko‘cha yopib qo‘yildi

  • 24 may 2016, 11:46
  • 5 354
  • Jamiyat
  • “Bunyodkor” va “O‘zbekiston” metro bekatini bog‘lovchi ko‘cha yopib qo‘yildi

    Toshkent shahridagi “Bunyodkor” va “O‘zbekiston” metro bekatlarini bog‘lovchi ko‘cha ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha yopib qo‘yildi, deyiladi "Darakchi" nashrida.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda mazkur ko‘chaga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Bu holat esa “Novza” metro bekati, Qoratosh mavzesi va “Muqimiy” teatridan “Istiqlol” san’at saroyi tomonga kelayotgan avtomobillarning tirbandligiga sabab bo‘lmoqda.

    Yo‘lni ta’mirlash ishlari qachongacha davom etishi hozircha noma’lum. Toshkent shahar hokimiyati ma’muriyati yo‘lni ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi haqida haydovchilarni oldindan ogohlantirsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » “Bunyodkor” va “O‘zbekiston” metro bekatini bog‘lovchi ko‘cha yopib qo‘yildi