AQSh HHK rahbari prezident samolyoti nega qimmat turishini aytdi

  • 07 dekabr 2016, 13:39
  • 4 687
  • Jamiyat
  • AQSh HHK rahbari prezident samolyoti nega qimmat turishini aytdi

    AQSh harbiy-havo kuchlari vaziri Debora Li Jeyms prezident uchun mo‘ljallangan yangi samolyotning juda qimmatligini unga davlat rahbari xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus talablar qo‘yilishi bilan tushuntirdi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.

    Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, prezident samolyoti raketa zarbasidan himoyalangan bo‘lishi, davlat rahbarining yadroviy qo‘shinlar bilan aloqasini ta’minlashi kerak. Bunday xarakteristikalar nafaqat prezidentni himoyalash, balki unga favqulodda vaziyat holatida mamlakatni uzoq vaqt boshqarishga imkon berishi lozim.

    "AQSh prezidenti Boeing 747 negizida qurilsa-da, biroq bu yo‘lovchi layneri haqidagi tasavvurdan ancha kattaroq narsadir. Agar xavfsizlik choralari haqida gapirilsa, mohiyatan bu parvoz qiluvchi Oq uydir. Unda radioelektron bostirish choralari qo‘llangan, aloqa yuqori darajadagi bayonnomaga muvofiq ta’minlanadi, hamma erda xavfsizlik mavjud. Bundan tashqari, u prezidentni olib yuoradi", deb aytdi Jeyms nashrga bergan intervyusida.

    Vazir samolyot "uzoq masofalarga uchishini, oddiy fuqarolik samolyotidan ko‘ra murakkabroq sharoitlarga bardosh bera olishini" qo‘shimcha qildi. "Shuning uchun u bir qarashda ko‘rinishi mumkin bo‘lgandagidan ancha murakkabroqdir", deb aytdi vazir.

    Vazir Oq uyda prezident samolyoti uchun talablarni ishlab chiqadigan xavfsizlik sohasidagi mutaxassislar borligini aytdi. Vazirning aytishicha, samolyot narxini talablar o‘zgartirilsagina tushirish mumkin.

    Avvalroq AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp yangi prezident samolyotlarini etkazib berish uchun shartnoma 4 mlrd dollar turishini aytdi va bu shartnomani juda qimmatligi tufayli bekor qilish bilan tahdid qildi. Boeing kompaniyasida ular hozircha mudofaa vazirligi bilan yangi samolyotlar imkoniyatlari va spesifikasini baholash bo‘yicha 170 mln dollarlik shartnomanigina bajarishayotgani aytildi.

    Hozirda AQSh prezidenti 30 yil avval yaratilgan ikkita Boeing 747-200B samolyotidan foydalanadi. Yangi samolyotlarni 2023-2024 yillarda safga tushirish rejalashtirilgan.

    Joriy yil yanvarida Boeing kompaniyasi AQSh prezidentlari uchun Boeing 747-8 negizida yangi avloddagi samolyotlarni yaratishga shartnomani olgandi. Dastlab shartnoma qiymati 3 mlrd dollarni tashkil qilishi taxmin qilingandi. Agar bu samolyotlar yaratilgudek bo‘lsa, Tramp ularda ikkinchi muddatga saylangan taqdirdagina parvoz qila olishi mumkin.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » AQSh HHK rahbari prezident samolyoti nega qimmat turishini aytdi