17:41 / 18.02.2017
10 345

1995 yilda tug‘ilgan yigit o‘zidan 32 yosh katta qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi

1995 yilda tug‘ilgan yigit o‘zidan 32 yosh katta qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi

Xorazm viloyati Chotko‘pir qishlog‘ida yashovchi yigit o‘z qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xorazm viloyati Urganch tumani IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Chotko‘pir qishlog‘ida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro mast holda o‘zaro janjal oqibatida birga ulfatchilik qilib o‘tirgan 1963 yilda tug‘ilgan qo‘shnisiga pichoq bilan tan jarohati etkazganligi natijasida kasalxonada vafot etganligi aniqlandi. Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi qo‘lga olindi.


Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1995 yilda tug‘ilgan yigit o‘zidan 32 yosh katta qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi