Londonning janubidagi Kenli tumanida yashovchi Roman ismli 4 yoshli bola uyda onasi to‘satdan hushini yo‘qotganda, iPhone smartfonidagi Siri ovozli yordam dasturi ko‘magida onasining hayotini saqlab qoldi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Dastlab jajji Roman onasining katta barmog‘i yordamida telefonni blokdan chiqargan. So‘ngra Siri dasturiga kirib, uni qutqaruv xizmatining 999 raqami bilan bog‘lashni so‘ragan. Roman operatorga onasi "o‘lganini" – ko‘zini yumib, nafas olmayotganini aytgan. Operator zudlik bilan bola ta’riflagan manzilga tez yordam mashinasi va polisiyani jo‘natgan. Ayol zudlik bilan yaqin oradaga shifoxonaga etkazilgan. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolishgan.
Roman voqea yuz berganda uydagi yagona "erkak" bo‘lgan, deb yozmoqda Gizmodo nashri. U bilan ukasi ham bo‘lgan va ko‘rinishicha, u hali juda kichik yoshda. Roman esa bunday qaltis holatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, nafaqat barcha ovozli buyruqlarni to‘g‘ri bajara olgan, balki operatorga qayerda yashashlarini uy manzilini aniq bilmagan holda tushuntirib bera olgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi