Ozarboyjon va Moldova bilan o‘zaro manfaatli aloqalar muhokama qilindi

  • 07 aprel 2017, 10:55
  • 4 151
  • Jamiyat
  • Ozarboyjon va Moldova bilan o‘zaro manfaatli aloqalar muhokama qilindi
    Kecha, 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Moldova Respublikasi Tashqi ishlar va Evropa bilan integrasiya vaziri o‘rinbosari Lilian Dariy va Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov qabul qilindi. Bu haqda TIV Axborot xizmatiga asoslanib "Qalampir.uz" xabar berdi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston va Ozarbayjon va Moldovaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa o‘zaro manfaatli sohalardagi munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

    Shuningdek, BMT va MDH kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida o‘zaro hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Hamkorlikni yanada rivojlantirish, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi ta’kidlandi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari aloqalarini kuchaytirish, etkazib beriladigan tovarlar nomenklaturasini boyitish haqida so‘z yuritildi.

    Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ozarboyjon va Moldova bilan o‘zaro manfaatli aloqalar muhokama qilindi