Psixologlar 70 ga yaqin mamlakat aholisining mentalitetini o‘rganib chiqib, eng rahmdil va hissiyotga beriluvchan odamlar Ekvadorda, Saudiya Arabistonida, Peru va Daniyada yashashini aniqladi. Polsha, Litva, Estoniya va Bolgariya aholisi esa qo‘rs deb topildi. Journal of Cross-Cultural Psychology jurnalida chop etilgan maqolaning mazmunini «RIA Novosti» keltirdi, deb yozadi "Sof.uz" nashri.
Ist-Lensingdagi (AQSh) Michigan universiteti xodimi Uilyam Chopikning ma’lum qilishicha, tadqiqot natijalari faqat hozirgi paytni aks ettiradi, negaki vaqt o‘tishi bilan his-tuyg‘ular shakli va darajasi turli mamlakatlarda o‘zgarib boradi. Bu ayniqsa kuchli migrasiyaga duchor mamlakatlar, jumladan, AQShga xosdir.
So‘rovda jami 100 ming kishi ishtirok etdi. Olimlar bu insonlarning nafaqat o‘z his-tuyg‘ulari, balki ular boshqa xalqlar haqida nima deb o‘ylashi bilan ham qiziqib ko‘rdi. Bundan tashqari, dunyoning bir chetida sodir bo‘lgan voqea boshqa hudud aholisining his-tuyg‘ulariga qanday ta’sir o‘tkazishi ham tadqiqotda aks etdi.
AQSh joriy reytingda ettinchi o‘rinni egalladi. Lotin Amerikasining ikkita, Fors ko‘rfazining uchta mamlakati va Daniyada bu ko‘rsatkich bo‘yicha AQShdan ustun turishi aniqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?