Alisher Usmonovning rafiqasi O‘zbekistondan nima uchun ketganini so‘zlab berdi

  • 24 aprel 2017, 11:01
  • 14 383
  • Jamiyat
  • Alisher Usmonovning rafiqasi O‘zbekistondan nima uchun ketganini so‘zlab berdi
    Toshkentdagi gimnastika saroyida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Unga tashrif buyurgan mehmonlar orasida Alisher Umonovning rafiqasi Irina Viner ham bor. Gimnastikachi Viner o‘zbek jurnalistlariga intervyu berdi.
    Suhbat chog‘ida Viner sobiq Sovet davrida nima uchun Toshkentni tark etganini ham so‘zlab berdi deb yozadi dia.uz nashri.

    Badiiy gimnastika bo‘yicha o‘zbek maktabi xuddi Rossiya gimnastika maktabi kabi yuqori darajada bo‘lgan. Doim chempionlik titullariga erishgan. Biroq Evropada badiiy imnastika saviyasi ancha baland edi shuning uchun ham men Rossiyaga ketishga majbur bo‘lganman deydi, Viner Zaripova. O‘zbekistonda ko‘pgina yaxshi murabbiylar, mening o‘quvchilarim gimnastika bilan proffesional darajada shug‘ullanuvchi va havaskorlar qoldi.

    Hozirda O‘zbekistonda badiiy gimnastika uchun yaratilgan sharoitni a’lo darajada deyish mumkin, hatto Rossiyada ham bunday zallar yo‘q. Riodagi olimpiadada ham O‘zbekistonning jamoasi ishtirok etdi. Aytish joizki Ozarbayjon jamoasi ishtirok eta olmadi. O‘zbekiston terma jamoasidagi Anastasiya Serdyukova hozir juda yaxshi ishtirok emoqda, nazarimda u Yaponiyadagi Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rsa kerak.
    O‘zbekistonda sport uchun sharoit yaxshi, o‘ylaymanki kelgusida sport rahbariyati sportchilarni tashqarida malaka orttirish uchun ham barcha sharoitlarni yaratib beradi. Biz tajriba almashishga va bilimlarimiz bilan bo‘lishishga doim tayyormiz, deydi Viner Zaripova.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Alisher Usmonovning rafiqasi O‘zbekistondan nima uchun ketganini so‘zlab berdi