08:05 / 28.04.2017
5 239

Xodorkovskiyning tashkiloti ofislarida tintuvlar o‘tkazildi

Xodorkovskiyning tashkiloti ofislarida tintuvlar o‘tkazildi
Rossiyalik muxolifatchi Mixail Xodorkovskiy asos solgan "Otkrыtaya Rossiya" shtabida tintuv boshlandi, deb ma’lum qildi tashkilot jamoasining tvitter-akkauntida harakat koordinatori Mariya Baronova. Bu haqda Kun nashri xabar berdi.

"Roppa-rosa 16:00da ofisga 15 nafar OMONchi keldi, men bu payt ko‘chada turgandim. Ular bilan birga tasvirga oluvchi qurilmalari bo‘lgan bir necha polisiyachi, guvohlar bor edi. Ular hech qanday orderlar taqdim qilishmadi, qo‘riqchilar ularni 5-qavatga o‘tkazib yuborishdi", deb aytgan Baronova.

Tintuvlar o‘tkazilgani holatini tashkilot asoschisi Mixail Xodorkovskiy ham tvitterda tasdiqlagan.

Foto: Twitter.com/@open_election
Tashkilotning xabar berishicha, tintuvlar sabablari hozircha aytilmagan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tashkilotning ofisda qolgan xodimlarini telefonlardan foydalanmaslikka chaqirishgan.

TASS axborot agentligidagi manba tashkilotning moliyaviy faoliyatiga tegishli hujjatlar va elektron axborot tashuvchilar tortib olinayotganini ma’lum qilgan.

26 aprelda Rossiya bosh prokuraturasi "Otkrыtaya Rossiya"ni nomaqbul tashkilot deb atagandi. Prokuraturaning fikricha, harakat "Rossiyadagi saylovlar natijalarini obro‘sizlantirish maqsadida maxsus dasturlar va loyihalarni" amalga oshiradi. Shuningdek, tashkilot norozilik namoyishlari tashkillashtiradi va ichki siyosiy vaziyatni beqarorlashtiradi.

Foto: Twitter.com/@open_election
Harakat 29 aprelda hukumat bilan kelishilmagan aksiyani o‘tkazishni rejalashtirgandi. "Nadoel" (Jonga tegding) deb nomlangan bu aksiya tashkilotchilari meriya tomonidan taklif qilingan muqobil yo‘nalishdan bosh tortganlar.

Kremlda kelishilmagan namoyishni o‘tkazishga urinish noqonuniy faoliyatga chorlash deb ataldi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov "bunday faoliyat hukumatning qonun doirasida munosabat bildirishiga olib kelishini" aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xodorkovskiyning tashkiloti ofislarida tintuvlar o‘tkazildi