Toshkentning Bektemir tumani Obod er ko‘chasi 88-dala hovlisida yashovchi fuqaro Aleksandr Ignatevich Buchkovskiy hovlisiga qonunga xilof tarzda nasha ekib, etishtirayotgani aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati bergan xabarga asoslanib Qalampir nashri ma’lumot bermoqda.
Joriy yilning 18 may kuni, taxminan soat 10:50 larda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida Aleksandr Ignatevich Buchkovskiyning noqonuniy xatti-harakatlariga nuqta qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.I.Buchkovskiyga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va etishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, Buchkovskiyni boshqa jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi