Hozirgi kunda Toshkent shahrida joylashgan P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji Jasurbek Ibrohimov fojiasi sababli tillarga tushdi. Endi har ikki gapning birida mana shu qotillik va kollej bir-biriga bog‘lanaveradi.
Oldin xabar berganimizdek, marhum Jasurbek Ibrohimov va gumondor Islombek To‘laganov ushbu kollej o‘quvchilari bo‘lishgan. “Qalampir.uz” saytining xabar berishicha, mazkur tibbiyot kolleji direktori Lutfi Yo‘ldoshevna Yusupova o‘z arizasiga binoan ishdan olingan.
Lutfi Yusupova ta’lim dargohida 33 yildan beri faoliyat yuritib kelgan bo‘lib, oxirgi 10 yildan buyon kollejga rahbarlik qilib kelayotgan edi. Kecha, 5 iyun kuni o‘sha voqea sabab Lutfi Yusupovadan ishdan bo‘shash haqidagi arizasi olingan.
Shu kuni, ya’ni Lutfi Yusupova vazifasidan ozod etilgunga qadar “Qalampir.uz” sayti muxbirlari undan eksklyuziv interyu olishga ulgurgan edi. Mazkur intervyuni tez orada saytimizda e’lon qilamiz.
Eslatib o‘tamiz, P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimov joriy yilning 3 may kuni o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklangan. Keyin esa 5 marta jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazib, joriy yilning 1 iyun kuni olamdan o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?