22:35 / 01.09.2017
7 533

Germaniyadagi 17 metrlik qum qasri Ginnes rekordlar kitobiga kirdi

Germaniyadagi 17 metrlik qum qasri Ginnes rekordlar kitobiga kirdi
Germaniyaning Duysburg shahrida qumdan qurilgan qasr Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda «Associated Press» axborot agentligiga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Qasrning balandligi 16,68 metrni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun, bu taxminan 5 qavatli uyning balandligiga teng. Qasr qurilishiga 3,5 tonna qum sarflangan.

Ginnes rekordlar kitobi vakili ushbu qum qasrini dunyodagi eng balandi sifatida qayd qilgan. Ushbu qasr 14,84 metrni tashkil qilgan avvalgi rekordni ortda qoldirgan.

Rekordchi qasr kamida 24 sentyabrgacha turishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Germaniyadagi 17 metrlik qum qasri Ginnes rekordlar kitobiga kirdi