O‘zbekistonda gaz va elektr ta’minoti tizimini islohotlashtirish, shuningdek resurslar uchun to‘lov undirish mexanizmlari davom etmoqda. Bunda asosiy e’tibor energosamarali texnologiyalar va zamonaviy hisoblagichlarni o‘rnatish, kichik biznes sub’ektlariga xizmat ko‘rsatishning ustuvor yo‘nalishlariga qaratildi.
Qonunchilikka amal qilishni nazorat qiluvchi va suiste’mol qilingan holatlarni aniqlovchi huquqni muhofaza qilish organlari ham bu borada tegishli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Energotizimda birovlarning hisobiga kun ko‘rish maqsadida ongli ravishda qonunni buzuvchi odamlar hali ham bor.
Shu kunlarda Namangan viloyati MXX boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura qoshidagi Departament bilan hamkorlikda xizmat lavozimini suiste’mol qilgan "Namangan shahar gaz" unitar korxonasining abonentlik bo‘limi boshlig‘i 49 yoshli Bahrom To‘xtaboyevni qo‘lga olishdi.
"MXX organlariga ishbilarmon V.O.dan Bahrom To‘xtaboyev tomonidan zo‘ravonlik holati sodir etilganligi haqida ariza kelib tushdi. U ishbilarmondan mevalarni quritish sexiga tabiiy gaz yetkazib berilgani uchun pul vositalarini talab qilgan. "Namangan shahar gaz" xodimi 300 AQSh dollari va 1 million so‘m olayotganda qo‘lga olingan", - dedi MXX vakili.
Bosh prokuratura qoshidagi Departament Bahrom To‘xtaboyevga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?