Buyuk Britaniyadagi Uorik universiteti olimlari yallig‘lanish va hujayralar ichidagi jarayonlar o‘rtasida avval ma’lum bo‘lmagan bog‘liqlikni topishdi. Bu oshqozon-ichak yo‘lidagi ko‘plab kasalliklar profilaktikasi hamda ularni davolashda, shu jumladan, saratonning oldini olishda yordam beradi. Tadqiqot Nature jurnalida e’lon qilindi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Olimlar autofagiya hujayra ichidagi mexanizmi – o‘zining zararli yoki zararlangan elementlarini hujayra tomonidan yutib yuborilishi – noto‘g‘ri ishlaydigan bo‘lsa, yallig‘lanishni keltirib chiqarishini isbotlashdi. Bu yangilik yo‘g‘on ichak saratoni yoki Kron kasalligi profilaktikasida yordam berishi mumkin.
Biroq, qator mahsulotlar autofagiya jarayoni ishiga ijobiy ta’sir ham ko‘rsatadi, hamda yallig‘lanish jarayoni va oshqozon-ichak yo‘li kasalliklarining oldini olishda qo‘l keladi. Ular orasida anor, uzumning qizil navlari, nok, qo‘ziqorin, yasmiq, soya va ko‘kligida terib olingan no‘xat bor, deb yozmoqda Eurekalert portali. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi