16:50 / 01.03.2018
5 389

Buxorodagi Xalq bankida “maska shou” o‘tkazilgani rost...mi?

Buxorodagi Xalq bankida “maska shou” o‘tkazilgani rost...mi?
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Xalq bankida “maska shou” o‘tkazilgani, yuzida niqob bilan qurollangan kishilar bank binosiga kirib kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga suratlar ham ilova qilindi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy sayti orqali mazkur xabarlarga oydinlik kiritildi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Harbiy safarbarlik bo‘limi xodimlari tomonidan 88926-harbiy qism, viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda G‘ijduvon tuman Xalq bankida “Qurolli jinoyatchilarni qo‘lga olish va ularni zararsizlantirish” ga qaratilgan qo‘mondonlik-shtab va maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxorodagi Xalq bankida “maska shou” o‘tkazilgani rost...mi?