O‘zbekiston Konstitutsiyasining 37-moddasiga ko‘ra sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qiladi.
“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasi hamda Mehnat kodeksining 7-moddasiga muvofiq, majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan, mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga ko‘ra, mehnatga biron bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shu bilan birga, quyidagi ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi:
Harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi qonunlar asosida;
Favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda;
Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan;
Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar (masalan, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan jismoniy ishlarda foydalanish).
Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida 23 yoshli o‘qituvchi Diana Yenikeyeva ko‘cha tozalash ishlari chog‘ida “KamAZ” tagida qolib halok bo‘lgach, ijtimoiy tarmoqda majburiy mehnatga qarshi norozilik kuchaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi