18:45 / 01.04.2018
6 353

Shavkat Mirziyoyev: "Qancha pul ketsa ham, maktab va bog‘chalarga kameralar o‘rnatish kerak" (video)

Шавкат Мирзиёев: "Қанча пул кетса ҳам, мактаб ва боғчаларга камералар ўрнатиш керак" (видео)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30—31 mart kunlari Jizzax viloyatida tashrif bilan bo‘ldi. Tashrif davomida davlat rahbari Jizzax shahar Ichki ishlar bo‘limi 2-son ichki ishlar bo‘linmasida ham bo‘lgani haqida Daryo xabar beradi.

Prezident matbuot xizmati ushbu bo‘linmaga tashrifning ayrim tafsilotlari haqida videolavha e’lon qildi. Shavkat Mirziyoyev «Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida shahar bo‘ylab o‘rnatilgan kuzatuv kameralari faoliyati bilan tanishgan, shuningdek, barcha maktab va bolalar bog‘chalarini kameralar bilan kuzatib borish zarurligini ta’kidlagan.

«Maktab bilan bolalar bog‘chalariga kameralarni albatta o‘rnatish kerak. Buning uchun qancha pul kerak bo‘lsa, beringlar», — deb Prezident mutasaddilarga topshiriq bergan.

Qayd etish joiz, Prezident tashrifi bilan bir vaqtda Jizzaxdagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyachining bolalarga qo‘l ko‘tarishi bilan bog‘liq mojaro yuz berdi. Mazkur holat ortidan tarbiyachi, bog‘cha mudirasi, shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbari ishdan ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: "Qancha pul ketsa ham, maktab va bog‘chalarga kameralar o‘rnatish kerak" (video)