Foto: «Voditeli Tashkenta»
26 iyun kuni Toshkentda yo‘lovchi avtobusining daraxtga borib urilgani haqida xabar bergan edik.
So‘ng, ushbu hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi. Bobur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan «Mercedes-Benz» rusumli avtobus 1-sonli «Baxt uyi» (sobiq 1-FHDYo) qarshisida daraxtga borib urilgan, natijada singan daraxt avtobus va shu yerga qo‘yib ketilgan «Cobalt» avtomobili ustiga qulagan. Yengil mashina ichida bu vaqtda hech kim bo‘lmagan.
Avtobus salonida esa 16 kishi bo‘lgan. Voqea joyiga eng yaqin bo‘lgan Tekstil kombinati shifoxonasiga uch kishi, 16-shahar tez tibbiy kasalxonasiga to‘qqiz kishi olib borilgan. Ulardan bir kishining oyog‘i singani aniqlangan.
«Repost.uz» ushbu hodisa aks etgan videoni taqdim etdi: VIDEO
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?