14:44 / 28.09.2018
5 205

Buxoro va Navoiy viloyatlari chegarasiga oʻzgartirish kiritildi

Buxoro va Navoiy viloyatlari chegarasiga oʻzgartirish kiritildi
Senatning oʻn oltinchi yalpi majlisida senatorlar Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanidagi “Zafarobod” qoʻrgʻonini Navoiy viloyatining Konimex tumani hududiga qoʻshib berish tashabbusini maʼqulladi. Bu haqda “Kun.uz” nashri xabar bermoqda.

“Navoiy viloyatining Konimex tumani va Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalaning hal etilishi ham mazkur hududlar uchun Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni, shuningdek, hududlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tasdiqlanadigan mahalliy dasturlarni toʻliq va samarali roʻyobga chiqarilishiga xizmat qiladi”, deydi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi Sayyora Baratova.

Maʼlum qilinishicha, “Zafarobod” qoʻrgʻonida ayni paytda 6 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Qoʻrgʻonda 31ta koʻp qavatli uy, bitta maktabgacha taʼlim muassasasi, 2ta umumtaʼlim maktabi, bitta tibbiyot muassasasi va boshqa qator tashkilotlar ishlab turibdi. “Zafarobod” qoʻrgʻonidan Gʻijduvon tumani markazigacha boʻlgan masofa 80 kilometrni tashkil qiladi. Bu esa, aholining tez tibbiy yordam va maʼmuriy idoralar xizmatidan foydalanish, ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarini qondirishida noqulaylik tugʻdirmoqda. Misol uchun, zafarobodlik kishi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Gʻijduvon tumani markazigacha kamida 80 km masofani bosib oʻtishi kerak. Bunga qariyb 2 soat vaqt ketadi.

Qoʻrgʻonda Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli RU-5 korxonasi mavjud boʻlib, ushbu korxonada hudud aholisining salkam yarmi mehnat qiladi. Senatorlarning 80 nafari ushbu masalada yakdil qarorga kelib, tashabbusni qoʻllab-quvvatlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoro va Navoiy viloyatlari chegarasiga oʻzgartirish kiritildi