«Aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini ta’minlash va uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Endilikda davlat va xususiy uy-joy fondlarida ko‘rsatiladigan suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar oldindan 100 foizlik haq to‘lash asosida amalga oshiriladi.
Ushbu to‘lovlar to‘lanmaganida suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) tizimlaridan to‘liq uzib qo‘yishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.
Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq pensioner pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining pensiyadan ortiqcha to‘langan summalarni ushlab qolish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik sud tartibida, uch yildan ko‘p bo‘lmagan davr uchun undirilishi belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi