2024 yilning yozi issiqlik va namlik bo‘yicha rekordlarni yangilashi mumkin, deya ogohlantirmoqda iqlimshunoslar. Berklidagi Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan tayyorlangan prognoz ekvator bo‘ylab katta hududlarni, jumladan, Hindiston va Afrikaning katta qismini, Markaziy va Janubiy Amerika va Avstraliyani, shuningdek, AQSHning bir qismini qamrab oladi.
Olimlar El-Nino hodisasining global haroratning oshishiga ta’sirini tahlil qildi. El-Nino - tabiiy iqlim o‘zgarishining issiq davri sanaladi. Global isish davrida bu hodisa o‘z oqibatlarini yanada kuchaytirmoqda.
Olimlarning ta’kidlashicha, eng yuqori harorat El-Nino cho‘qqisidan taxminan besh oy o‘tgach sodir bo‘ladi. Oxirgi cho‘qqi 2023 yil dekabriga to‘g‘ri keldi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, 2024 yilda tropik mintaqada o‘rtacha maksimal nam havo harorati Selsiy bo‘yicha 26,2 darajani tashkil qiladi. Uning avvalgi harorat rekordini yangilash ehtimoli 68 foizni tashkil etadi.
Shimoliy Hindiston kabi tez-tez nam issiqlikdan aziyat chekadigan hududlarda bu yozda rekord darajadagi issiqlik va namlikning 50 foiz ehtimoli bor. Sahal mintaqasida (Saxara cho‘llari va G‘arbiy Afrika savannalari orasidagi o‘tish zonasi) xavf 35 foizga baholanmoqda.
Olimlar issiqlik va yuqori namlikning kombinatsiyasi juda xavfli ekanligi haqida ogohlantirdilar. Ko‘pchilik quruq issiqlikka toqat qila oladi, ammo nam issiqlik tana uchun juda stressdir. Havo qanchalik nam bo‘lsa, ter shunchalik kam bug‘lanadi, bu terning sovutish ta’sirini kamaytiradi va tana haroratini normal saqlashni qiyinlashtiradi, deb xabar beradi Geophysical Research Letters. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi