“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida elektron hamyonlardan foydalanish tartibini soddalashtirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida elektron hamyonlardan foydalanish tabiiy holga aylangan. O‘zbekistonda ham bu qulaylikni joriy etish zarur. Masalan, Webmoney, Qiwi, Yandex.money va boshqa elektron hamyonlarga oddiy yoki maxsus bankomatlar, shuningdek, elektron to‘lov tizimlari orqali pul tashlash imkonini yaratish kerak.
“Ayni vaqtda Webmoney va Qiwiga ayrim mobil ilovalar yoki saytlar orqali pul tashlash imkoni bo‘lsa-da, lekin ularning komissiya to‘lovlari juda yuqori - 7 foizdan 40 foizgacha. Agarda 100 ming so‘m Webmoneyga tashlansa, hisobga 60 yoki 70 ming so‘m miqdordagi pul tushadi”, - deyiladi murojaatda.
Bunda xizmatni taklif etuvchilar ulkan miqdordagi komissiya to‘lovini ushlab qoladi. Tabiiyki, bunday xarajatlar hammaga ham to‘g‘ri kelmaydi.
“Shu sababli, elektron hamyonlarga pul tashlash imkoniyatini qulaylashtirish kerak bo‘lib, bu Internet orqali onlayn savdo qilish, mahsulotlar va xizmatlardan foydalanishda aholiga qulayliklar yaratadi”, - deb yozadi petitsiya muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi