08:50 / 05.02.2019
5 569

Ko‘mir koniga tushgan o‘g‘rilar qo‘lga tushdi

Ko‘mir koniga tushgan o‘g‘rilar qo‘lga tushdi
Foto: «iiv.uz»
«O‘zbekko‘mir» AJga qarashli «Apartak» ko‘mir koni hududiga aylanma yo‘llar orqali noqonuniy kirib, taxminan 600 kilogramm ko‘mirni 6 bosh uy hayvonlarining ustiga maxsus yasalgan savatchaga yuklab, chiqib ketayotgan shaxslar qo‘lga olindi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qilishicha, 2019 yilning 2 fevral kuni taxminan 21:00larda O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi «Angren» va «Apartak» ko‘mir konlarini qo‘riqlash alohida otryadi navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra, shu kuni 18:00larda Angren shahar Beruniy mahallasida yashovchi X.Odimatov, D.Mirzabayev va A.Kushmatovlar o‘zaro til biriktirib, «O‘zbekko‘mir» AJga qarashli «Apartak» ko‘mir koni hududiga aylanma yo‘llar orqali noqonuniy kirib, taxminan 600 kilogramm ko‘mirni 6 bosh uy hayvonlarining ustiga maxsus yasalgan savatchaga yuklab, chiqib ketayotganlarida otryadning mobil guruhi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

«O‘zaro til biriktirib, qo‘lbola usulda kondan ko‘mir tashishga harakat qilgan ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga muvofiq hujjatlar rasmiylashtirildi. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘mir koniga tushgan o‘g‘rilar qo‘lga tushdi