Kuvaytning Alshaya Group kompaniyasi O‘zbekistonda mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanishga qiziqish bildirmoqda. Xorijiy kompaniya yaqin kunlarda Toshkent shahridagi «O‘zbekiston» mehmonxonasida bo‘lgan davlat ulushini sotib olishi mumkin, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
14 fevral kuni kompaniya ijrochi direktori Muhammad al-Shay boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligida muzokaralar olib bordi. Uchrashuvda arab ishbilarmonlari mehmonxona biznesi, xususan «O‘zbekiston» mehmonxonasidagi davlat ulushini sotib olishga qiziqish bildirgan.
Foto: O‘zbekiston Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi
Eslatib o‘tamiz, hukumat mashhur «O‘zbekiston» mehmonxonasidagi davlat ulushini sotishi haqida xabar tarqatgandi. 1974 yili qurilgan mehmonxona binosi 33 million AQSh dollariga baholanmoqda. Binoda so‘nggi rekonstruksiya ishlari 2010 yili olib borilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi