17:16 / 22.02.2019
4 136

Toshkentda o‘zini elektromontajchi deb tanishtirib, odamlardan pul yig‘uvchi firibgarlar paydo bo‘ldi

Toshkentda o‘zini elektromontajchi deb tanishtirib, odamlardan pul yig‘uvchi firibgarlar paydo bo‘ldi
Toshkent shahrida uyma-uy aylanib, odamlardan pul yig‘uvchi odamlar paydo bo‘ldi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.

Telegram / «Potrebitel.uz»
Ular Yangiyo‘lda ro‘yxatdan o‘tkazilgan MChJ shartnomasini odamlarga ko‘rsatib, endi ular butun respublika bo‘ylab energiya ta’minoti tizimidagi montaj ishlari yuzasidan xizmat ko‘rsatishini aytmoqda. Kelgusidagi xizmatlari uchun 12 000 so‘mdan pul yig‘ib olmoqda.

«Potrebiteli» Telegram kanali vakillari tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan bog‘langanida ular «montajchi»larni tanimasligini aytgan. Majburiy ijro byurosi ham bunday xizmat ko‘rsatuvchi MChJ ni bilmasligini ma’lum qilgan.
«Qo‘shnilar, ayniqsa keksalarga bunday kimsalarga eshik ochmaslikni tayinlang. Bunday holatlarda har doim tuman elektr tarmoqlari korxonasiga qo‘ng‘iroq qiling», — deyiladi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda o‘zini elektromontajchi deb tanishtirib, odamlardan pul yig‘uvchi firibgarlar paydo bo‘ldi