Jizzaxda Oʻzbekiston Milliy universitetining filiali tashkil etiladi

  • 29 mart 2019, 20:50
  • 1 985
  • Jamiyat
  • Jizzaxda Oʻzbekiston Milliy universitetining filiali tashkil etiladi
    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

    Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Jizzax viloyati hokimligining Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

    Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

    psixologiya, pedagogika, matematika va tabiiy fanlar, mexanika, mexatronika va boshqa ehtiyoj yuqori boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni taʼminlash;

    psixologiyaning ilmiy vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy tajribadan foydalangan holda psixologiya va pedagogika sohasiga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish;

    xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida psixologiya va texnika sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlash;

    oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

    xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, olim va mutaxassislarini jalb etgan holda psixologiya sohalari boʻyicha pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, oʻquv jarayoniga zamonaviy taʼlim texnologiyalarini va masofadan oʻqitish usullarini joriy etish;

    respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.

    2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jizzaxda Oʻzbekiston Milliy universitetining filiali tashkil etiladi