13:48 / 23.04.2019
4 870

Qarzdor endi jinoiy jazoga tortiladi

Qarzdor endi jinoiy jazoga tortiladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2014 yil 10 mart kunidagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor X.Najmiyev tomonidan undiruvchi F. Nurmatovaning foydasiga 3 nafar farzandlarining voyaga yetgunlariga qadar moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining ikkidan bir qismi miqdorida aliment pulini to‘lab borishi belgilangan edi.

Biroq, aliment pullari qarzdor X.Najmiyev tomonidan qasddan to‘lab berilmadi. Shu sababli Samarqand shahar ma’muriy sudining 2018 yil 3 oktyabrdagi qarori bilan qarzdorga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-4-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Fuqaro X.Najmiyev ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, qasddan voyaga yetmagan 3 nafar farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelishi oqibatida hozirgi kunga kelib qarzdorligi 48 mln. 610 ming so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar bo‘limi tomonidan X.Najmiyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor endi jinoiy jazoga tortiladi