15:00 / 04.05.2019
3 186

IIV haydovchilardan yangi o‘zgarish bo‘yicha talablarga to‘liq amal qilishni so‘radi

IIV haydovchilardan yangi o‘zgarish bo‘yicha talablarga to‘liq amal qilishni so‘radi
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunda kodekslardagi bir qator moddalar takomillashtirilib, bugungi kun talablariga moslashtirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qilmoqda.

Ular orasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasiga qo‘shimcha kiritildi. Endilikda mazkur modda quyidagi tahrirda bayon etiladigan bo‘ldi:

“Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi (ushbu Kodeks 1351-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno), qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yo‘l varaqasi, yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilarining, shu jumladan yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati (transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani almashtirish yoki yo‘qolgan guvohnoma o‘rniga boshqasini berish hollarini istisno qilgan holda, guvohnoma olingan paytdan e’tiboran ikki yillik davr bundan mustasno) yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek ishonchnomalarni, transport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish va ijaraga berish shartnomalarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan (hisobga qo‘ymasdan) transport vositalarini boshqarish, eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.”.

Mazkur moddaning aynan ushbu qismigagina qo‘shimcha sifatida “yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilarining, shu jumladan yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati (transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani almashtirish yoki yo‘qolgan guvohnoma o‘rniga boshqasini berish hollarini istisno qilgan holda, guvohnoma olingan paytdan e’tiboran ikki yillik davr bundan mustasno)” talabi kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haydovchilardan yuqorida qo‘shimcha sifatida kiritilgan modda talablariga to‘liq amal qilishlarini so‘ragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV haydovchilardan yangi o‘zgarish bo‘yicha talablarga to‘liq amal qilishni so‘radi