Foto: «iz.ru»
Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarosi B.Najibulloh yaqindagina sudlangandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi hukmiga ko‘ra, u O‘zbekiston Respublikasi JKning 246-moddasi 1-qismi (kontrabanda) bilan aybli deb topilib, eng kam oylik ish haqining 30 (o‘ttiz) baravari miqdorida jarima jazosiga hukm qilingan edi.
Sud jazo tayinlar ekan, insonparvarlik tamoyilini yetarlicha ko‘rsatgandi aslida. Ya’niki, hukm chiqarish jarayonida JKning 57-moddasi qo‘llangan, bu sudlanuvchiga qonunda belgilangangan eng kam jazodan ham kamroq chora ko‘rilganini anglatadi.
B.Najibulloh buni anglab yetdimi-yetmadimi — bilmadikku-ya, ko‘ngli bundanam yengilrog‘ini xohlagani aniq. Hukmga ko‘ra, uning «Samsung Galaxy S8+» rusumli uyali aloqa telefonini yo‘q qilish hamda o‘zini O‘zbekiston Respublikasidan deportatsiya qilinishiyam qayd etilgandi. Biroq u buni istamadi, nima qilib bo‘lsa ham O‘zbekistonda qolish chorasini izladi. Va hukmning «deportatsiya qilish» qismini o‘zgartirib berish evaziga pora berishdek «chora» topdi go‘yo...
2019 yil 13 may kuni tegishli organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda B.Najibulloh jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tumani sudi raisi K.Nazarovga xizmat xonasida 500 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan tergovoldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Qaniydi, hamma sudyalar K.Nazarovga o‘xshasa...
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”