Foto: IIBB
Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisa yuzasidan rasmiy xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 4 iyun kuni Yunusobod tumani 11-mavzeda Nexia avtomobili haydovchisi 42 yoshli ayol yo‘l chetida bo‘lgan 12 yoshli uch nafar o‘smirni bosib yuborgan.
YTH oqibatida o‘smirlardan biri voqea joyida vafot etgan. Ikkinchi o‘smir olgan jarohatlari tufayli shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar uning ahvolini barqaror deb baholamoqda. Uchinchi o‘smir esa ambulator sharoitida ko‘rikdan o‘tkazilgan va uyiga javob berilgan.
Xabarda qayd etilishicha, haydovchi voqea joyidan ketib qolmagan. U voqea joyida qolib, tergov harakatlarini o‘tkazishda faol yordam ko‘rsatgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u gaz va tormoz pedallarini adashtirib yuborgan.
Hozirda mazkur hodisa yuzasidan O‘zbekiston JKning 266-moddasi 2-qismi («Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu ish nazoratga olingani, tergovning qonuniyligi ta’minlanishi qo‘shimcha qilingan. Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?