Foto: IIBB matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda 5 yoshli bolani «Matiz» mashinasi urib ketgani va bolaning ota-onasi bundan bexabarligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. IIBB matbuot xizmati ushbu xabar yuzasidan bayonot berdi.
Xabarda aytilishicha, YTH kecha, taxminan soat 19:20da, Sergeli tumanidagi Mirzo Tursunzoda ko‘chasida ro‘y bergan. Besh yoshli R. S. yugurib ko‘chani kesib o‘tayotgan vaqtda 26 yoshli haydovchi Bahrom X. «Matiz» avtomobilida uni urib yuborgan. Haydovchi darhol bolani kasalxonaga yetkazib borgan. U hech qanday og‘ir jarohat olmagan.
R. S.ning ota-onasi jamoatchilik yordamida topildi va ayni vaqtda bola bilan birga. IIBB matbuot xizmati ushbu hodisani yoritishda va bolaning ota-onasini topishda ishtirok etgan blogerlar va boshqa hamyurtlarimizga minnatdorchilik bildiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»