31 iyul kuni «O‘zbekiston» telekanali orqali jonli efirga uzatilgan «Munosabat» ko‘rsatuvida Toshkent shahar Nuroniy jamg‘armasi raisi, O‘zXDPdan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Rustam Kalonovning liberal g‘oyalar to‘g‘risida bildirgan shaxsiy fikr va xulosalari turlicha talqinlarni keltirib chiqardi hamda ko‘pchilikning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Shu munosabat bilan Xalq demokratik partiyasi rasman uzr so‘radi.
«O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi ushbu holat uchun keng jamoatchilik, xususan, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi tashkilotlari xodimlari, deputatlari hamda ko‘p ming sonli a’zolaridan uzr so‘raydi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida olib borayotgan izchil faoliyatiga hurmat bilan qaraydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi siyosiy raqobatda siyosiy madaniyat va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishini ma’lum qiladi. O‘z tizimidagi barcha xodimlari va deputatlarni ham shunga amal qilishga chaqiradi», — deyiladi bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi