14:18 / 08.08.2019
3 950

Oʻzbekiston OTMlarida joriy yilda ham super-kontrakt boʻladi

Oʻzbekiston OTMlarida joriy yilda ham super-kontrakt boʻladi
Oʻzbekiston OTMlarida joriy yilda ham super-kontrakt boʻladi. Bu haqda Xushnud Xudoberdiyev maʼlum qildi.

“Kunduzgida ham, sirtqida ham, kechkida ham. Hattoki yangilik sifatida ilk marta magistraturada ham super-kontrakt tartibi amal qiladi. Narxlari hozircha aniq emas. Lekin oʻtgan yilgidan koʻp ham farq qilmasa kerak” , — deydi Xudoyberdiyev.

Super-kontraktda oʻqish uchun kamida 56,7 ball toʻplash kerak.

Mabodo 56,7 balldan kamroq (hattoki 1 ball) toʻplansa ham oʻqish imkoniyati yaratiladi, faqat uning narxi super-kontraktdan ham qimmatroq, aniqrogʻi, uning 2 baravari miqdorida boʻladi.

Maʼlumot uchun, super-kontrakt faqat birinchi yil uchun toʻlanadi. Talabalar birinchi oʻquv yilini tugatgandan soʻng keyingi oʻquv yilidan boshlab amalda oʻrnatilgan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori asosida oʻqishini davom ettiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekiston OTMlarida joriy yilda ham super-kontrakt boʻladi